Свернуть поиск
Дополнительная колонка
Правая колонка
Insoniyat yaralibdiki dunyoda urushlar bilan xayot kechirib keldi. Lekin dunyo boshidan o'tkazgan 2 ta jaxon urushi esa ko'plab insonlarni yostig'ini qurutdi. Oddiy bir statistikaga nazar soladigan bo'lsak 1-jaxon urushida 10 mln odam janglarda xalok bo'ldi. Bu so'nggi 1000 yillikda bo'lib o'tgan jami urushlarda xalok bo'lganlar sonidan xam ortiqdir. 2-jaxon urushi esa xammamizga ma'lumki 6 yilu 2 kun davom etgan bo'lib, ko'plab talofatlar keltirishi bilan ajralib qoldi. 1939-1945 yillarda bo'lib o'tgan urushda jami 61 ta davlat ishtirok etdi. 40 ta davlat xududida urushlar olib borildi. Bundan ko'rinib turibdiki 2-jaxon urushi ko'plab davlatlarni o'z domiga tortib ketdi. Shu qatori O'zbekistonimizni xam. 1941-yil 22-iyun Gitler Germaniyasi Sobiq SSSR davlatiga xujum uyushtiradi. O'sha paytlar Sobiq SSSR tarkibida bo'lgan O'zbekistondan jami 1,4 mlndan ortiq insonlar urushga safarbar qilinib, 450 mingdan ortig'i janglarda xalok bo'ldi. Bu deyarli urushga ketganlarning 1/3 qismi xalok bo'ldi demakdir. Ko'plab bolalar otasiz, ukalar esa akasiz, xotinlar esa ersiz qoldilar. Xalqimiz xam mana shunday og'ir musibatni boshidan o'tkazdi. Ko'plab qurbonlar evaziga fashistlar Germaniyasi taslim etilishi bilan urush yakuniga yetadi. Urush davomida ko'plab bolalar yurtimizga evakuatsiya qilindi. Xalqimiz og'ir sharoitda yashamasin ularni bag'irga oldi. Mana shu urushdagi g'alabaga xam 71 yil bo'libdi. Bir insonni umri.... Shunday emasmi?
Oradan shuncha vaqt o'tibdiki xaliyam urush asoratlari yo'qolgani yo'q. 2-Jaxon Urushi Sobiq Sovet Respublikalari axolisining 27 mlndan ortig'ini xayotiga zomin bo'lgan bo'lsa ochlik va boshqa turli sabablarga ko'ra 50 mlnga yaqin insonni yostig'ini quritdi.
Men bugun sizlarga urush statistikalari xaqida gapirmoqchi emasman. Anglaganingizdek xozirgi tinchlik zamoniga osongina yetib kelmaganligimizni xis etishimiz kerak xolos. Bugun 9-may "Xotira va qadrlash kuni"dir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach 1998-yildan boshlab Prezidentimiz Islom Karimov 9-mayni "G'alaba" kuni emas balki "xotira va qadrlash kuni" sifatida o'tkazishga farmon berdilar. Shu munosabat bilan mamlakatimizda "Xotira xiyoboni" barpo qilindi. Motamsaro ona xaykali va urushda xalok bo'lganlar nomlari zikr etilgan o'ziga xos kitob yaratildi. Urushda xalok bo'lganlarlar nomi tiklandi... Biz istardikki yurtimizda doimo tinchlik, xotirjamlik xukm suraversin. Mustaqil diyorimiz yanada ravnaq topaversin...
DOSTONBEK

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев