Свернуть поиск
Дополнительная колонка
Правая колонка
📖Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida har oyning ikkinchi chorshanba va yakshanba kunlari harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilarini kitob o‘qishga keng jalb etish maqsadida “Kitob o‘qish soati” tashkil etiladi.
✅Shaxsiy tarkib uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar uch toifadagi alohida ro‘yxatlar asosida shakllantiriladi:
• Harbiy-akademik litsey o‘quvchilari ("Temurbeklar maktabi" va "Jaloliddin Manguberdi" nomidagi litseylar) uchun — yosh avlodni bilimli va vatanparvar etib tarbiyalashga qaratilgan asarlar;
• Oliy ta’lim muassasalari kursantlari va muddatli harbiy xizmatchilar uchun — kasbiy bilim va dunyoqarashni kengaytiruvchi adabiyotlar;
• Kontrakt asosidagi harbiy xizmatchilar hamda ishchi-xizmatchilar uchun — hayotiy tajriba va strategik tafakkurni boyituvchi kitoblar.
✅Har bir ro‘yxat quyidagi uch muhim yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:
• Harbiy tafakkurni rivojlantiruvchi adabiyotlar — strategiya, liderlik va qat’iyatni shakllantiradi;
• O‘zbek adabiyoti — milliy qadriyatlar, tarix va ma’naviyatni chuqur anglashga yordam beradi;
• Jahon adabiyoti — global fikrlashni kengaytirib, turli madaniyatlar bilan tanishtiradi.
✅Harbiy qism va muassasalarda kitob mutolaasi quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
• Individual mutolaa;
• Jamoaviy mutolaa;
• Muhokama va davra suhbatlari;
• Ma’ruzalar va taqdimotlar;
• Yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar.
🛫 O‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida telegramda @mudofaakitob kanali yaratilgan bo‘lib, u yerda barcha turdagi kitoblarni oson topishingiz mumkin.
🛫Telegram ( https://t.me/mudofaavazirligi ) 🔗 LIVE ( https://t.me/+B_vwHBIvyxliNTQ6 ) 📞 Facebook ( https://www.facebook.com/mudofaavazirligi )📺 Youtube ( https://www.youtube.com/@UzArmiya )📷 Instagram ( https://www.instagram.com/mudofaavazirligi/ )❌ X.com ( https://x.com/mudofaarasmiy/status/1901677366486683763 )

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев