Свернуть поиск
Дополнительная колонка
Правая колонка
Ikkimiz yurakdan chindan sevardik.
Doim birga bólsak baxtni sezardik.
Shaxarlar aylanib kócha kezardik.
Afsus taqdir ekan baxtimiz ótmish.
Sen mensiz men sensiz baxtsizmiz darvish.
Tunlarim uyqusiz kózim lim lim yosh.
Oyga termulaman dunyo bag'ring tosh.
Nimanidir o'ylab o'g'riyverar bosh.
Afsus taqdir ekan baxtimiz ótmish.
Sen mensiz men sensiz baxtsizmiz darvish.
Afsus baxtli kunlar ótmishda qoldi.
Ayriliq sevgimga tósqinlik soldi.
Bugun taqdir mendan sevgimni oldi.
Afsus taqdir ekan baxtimiz ôtmish.
Sen mensiz men sensiz baxtsizmiz darvish.
Endi yig'lamagin bag'rimni tirnab.
Kózingni yoshlama ózingni qiynab.
Dunyo sinab kórdi sevgini siylab.
Afsus taqdir ekan baxtimiz ôtmish.
Sen mensiz men sensiz baxtsizmiz darvish.
Endi tutashmaydi juft kelgan yóllar.
Bir birin tutolmas intizor qóllar.
Birga bólolmaymiz bólmaydi tóylar.
Afsus taqdir ekan baxtimiz ótmish.
Sen mensiz men sensiz baxtsizmiz darvish..!
(Yosh ijodkor Asrorjon)

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев