Свернуть поиск
Дополнительная колонка
Правая колонка
Men ölsam chuqurroq kovlang qabrni,
Boshimga tosh qiling bardosh ,sabrni.
Faqat tuprog'imga qöshmang jabrni,
Xech qursa qabrimda tinchgina yotay.
←←←←♣→→→→
Men ölsam yig'lamang kötarmang faryod,
Bilaman közda yosh, dillingizda shod.
Roziman unuting ,qilmang yilda yod,
Xech qursa qabrimda tinchgina yotay.
←←←←♣→→→→
Men ölsam bir qizga aytmang azamni,
Yöqlasa ozgina yöq deng mazamni.
Söndirmang eng sönggi köngil sazamni,
Xech qursa qabrimda tinchgina yotay.
←←←←♣→→→→
Men ölsam baytlarim qolsin beqarov,
Bir qalam yig'lasin baytga beyarov.
Va lek siz eslamang eslamang aldov,
Xech qursa qabrimda tinchgina yotay.
←←←←♣→→→→
Men ölsam tugamas dunyoda g'iybat,
Alamlar qoladi azoblar qat-qat.
Siz zörsiz, lek onamga aytmang qattiq gap,
Xech qursa qabrimda tinchgina yotay.
←←←←♣→→→→
Men ölsam Onamning bormi madori,
U jonsiz yashaydi, men dilda zori.
Onamni ovuting bölmang ozori,
Xech qursa qabrimda tinchgina yotay.
←←←←♣→→→→
Men ölsam yalpizlar soyga aytadi,
Soy yig'lab yöqligim Oyga aytadi,
Oy bilar Alisher bir kun qaytadi,
Bir fursat qabrimda tinchgina yotay.
←←←←♣→→→→
Men ölsam chuqurroq kovlang qabrni,
Boshimga tosh qiling bardosh, sabrni.
Faqat.... tuprog'imga qöshmang jabrni,
Xech qursa qabrimda tinchgina yotay.
←←←←♣→→→→

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 3