Свернуть поиск
Дополнительная колонка
Правая колонка
Bizni ayirdilar ikki tomonga,
" Hijron ".. atalmish yer bo'ldi makonim.
Sog'inchdan aylandi rangim samonga,
Odamlar shunchalar yomonmi, Jonim?
Yig'ladik tosh qalblar erisin uchun,
Munis yuraklarga bo'ysunmadilar.
Hatto Alloh bizni tushundi, nechun
Nodon bandalari tushunmadilar?
Xasta yuraklarga sanchib nishlarni,
Yana " Unut " deya berdilar taskin.
Bahor ko'ngillarga solib qishlarni,
Orzu g'unchalarin etdilar ezgin...
Menga atalgan baxt omonmi, Jonim?
Hijronga yuz tutgan zamonmi, Jonim?
Ikki dil nolasin eshitmaydilar,
Odamlar shunchalar yomonmii jonim?


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев