Bizni eng katta umrimizni yeydigan narsa bu HASAD. Buni bilmagan holda butun umrimizni sarflab yuboramiz.
Qachon dunyo uchun kim bilandir bellashadigan bo’lsak, hayolimiz faqat u odamda bo’ladi, u uchun vaqtimiz ketadi, u uchun kuchimizni, vaqtimizni sarflaymiz. Eng yomoni esa, buni o’zimiz ham bilmaymiz. Hayolimizda faqat o’sha odam. Nima qildi, qayerda, qanday post qo’ydi, storisga nima qo’ydi...
Hamma hayotidagi ishlarni kuzatamiz, hamma narsasini bilishimiz kerak, lekin o’zimizni hayotimizchi? Bunga vaqtimiz ham, kuchimiz ham, toqatimiz ham qolmaydi.
.
.
.
.